Ma’lumki, joriy yilning 30 aprel kuni konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan umumxalq referendumi o‘tkaziladi.
Shu bois, filial xodimlari ham Angor tumanidagi maktablarda tashkil etilgan uchastkalarda muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik jarayoniga amaliy yordam ko‘rsatishdi.
Referendum uchastkalari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zarur adabiyot hamda qo‘llanmalar bilan to‘liq taʼminlandi, ovoz berish kabinalari va qutilari tayyorlandi.
Shuningdek, yangilanayotgan Konstitutsiyamizning asosiy prinsip va normalari, yangi tahrirdagi moddalarning mazmun-mohiyati haqida ham tushunchalar berildi.