You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining klinik bazalarida olib borilayotgan darslar nazorati davom etmoqda

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining klinik bazalarida olib borilayotgan darslar nazorati davom etmoqda

    «RIO va RIATM Surxondaryo filiali» klinik bazasida olib borilayotgan amaliy dars jarayonlari o’rganildi. Tekshiruv jarayonida, darslarda ishtirok etayotgan talabalarning davomati hamda darslarning sifati ijobiy deb topildi.

   Shuningdek, filialining korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo’limi bosh mutaxassisi A.B.Abdullayev talaba-yoshlarni qiynayotgan muammolarni o’rganish maqsadida talabalar bilan suhbatlashdi. Agarda korrupsiyaviy holatlarga duch kelishganda bo’limning ishonch telefoni hamda murojaatlar uchun botga murojaat qilishlari tushuntirildi.

 Darslar yakunida talabalarga Hemis tizimida baholash mezonlari va resurslarni joylashtirilishi nazorat qilindi.