You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining klinik bazalarida olib borilayotgan darslar sifatini nazorat qilish maqsadida tuzilgan ishchi guruh tomonidan amaliy darslar jarayonlarini o’rganish davom etmoqda…

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining klinik bazalarida olib borilayotgan darslar sifatini nazorat qilish maqsadida tuzilgan ishchi guruh tomonidan amaliy darslar jarayonlarini o’rganish davom etmoqda…

     Filialning davolash (amaliyot) ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari O’.Fayziyeva, ichki nazorat va monitoring bo’limi boshlig’i D.Aymuradova va pediatriya fakulteti dekan muovini D.Amanovalar «O’tan polvon» va «Viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi» ning yiringli xirurgiya, maslahat poliklinikasi, travmatologiya va LOR bo’limlarida olib borilayotgan dars jarayonlari bilan tanishishdi .

   Tekshiruv jarayonida, Xirurgik kasalliklar, Ambulator poliklinik pediatriya, Ichki kasalliklar propedevtikasi, Travmatologiya va Tibbiy radiologiya fanlarida ishtirok etayotgan talabalarning dars jarayoni hamda davomati o’rganildi. Shuningdek, darslar yakunida talabalarga Hemis tizimida baholash mezonlari va resurslarni joylashtirilishi nazorat qilindi.