You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiallida «Kitobxonlik haftaligi» o’tkazildi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiallida «Kitobxonlik haftaligi» o’tkazildi

   Respublikamizda kitobxonlik jamiyatimizning muhim ijtimoiy hamda ma’naviy voqeligiga aylanmoqda. Kitobga oshno bo‘lgan kishi hech qachon zamondan ortda qolmaydi. Bugungi kunda xalqimiz orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni ommaviy kitobxonlikka jalb etish borasida davlat siyosati darajasida bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda.

    Shu sababli, bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida «Kitobxonlik haftaligi» bo’lib o’tdi. Unda filial oftolmologiya kafedrasining mudiri O’zbekiston qahramoni, tibbiyot fanlari doktori, professor, Amerika oftolmologlar akademiyasining xalqaro a’zosi R. O. Muhammadiyovning «Surxon tibbiyotining 100-yillik tarixi» kitobi hamda yana boshqa yangi kelgan adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi.

    Bu kabi ko’rgazmalarni tashkil etishdan maqsad talabalar o’rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlikni keng targ’ib qilish orqali kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish ularni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iboratdir.