Barchamizga ma’lumki, xitoy an’anaviy tibbiyoti taxminan ikki ming yil ilgari shakllangan.
Dunyodagi eng qadimgi davolash tizimlaridan biri bo‘lgan Xitoy tibbiyoti, allaqachon samarali deb tan olingan va zamonaviy amaliyotga faol joriy qilinmoqda.
O‘zbekistondagi Xitoy-O‘zbekiston an’anaviy tibbiyot markazining faoliyati fikrimizning tasdig’idir.
Markazda o’zaro hamkorlikni kengaytirish uchun TTA Termiz filiali direktor o’rinbosari X.Rasulova, Al Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti Dorivor o’simliklar markazi direktori Janar Jenis va O’zR O’simliklar moddalari kimyosi instituti laboratoriyasi mudiri D.Kodirova, markaz direktori Wang Cheng va markaz xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv tomonlar uchun manfa’atli bo‘lib, yakunida grant loyihalar rejalashtirildi.