Yig’ilish avvalida ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan professor-o‘qituvchilar filial direktori tomonidan e’tirof etildi.
Filialning professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirok etgan kengashda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
2024-2025-o‘quv yili kuzgi semestrda talabalarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish va sifat ko‘rsatkichlarining tahlili.
Filialda ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik instituti faoliyati tahlili.
Professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida lavozim va ilmiy unvonlarga saylash.
Shuningdek, dissertatsiya, monografiya, o‘quv-uslubiy ishlar mavzularini va ilmiy tadqiqot ishlar natijalarini amaliyotga tatbig‘ini tasdiqlash borasida ma’ruzalar tinglandi.
Yakunda kun tartibiga qo‘yilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi bo‘yicha qarorlar chiqarildi.