Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6 maydagi PF-73-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida “Ta’lim muassasalarida yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish mexnanizmlari to‘g‘risida”dagi uslubiy qo‘llanma taqdimoti bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, TTA Termiz filiali direktor o‘rinbosari A.Rahmonov, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, “Qalqon” guruhi a’zolari, profilaktika inspektori, psixolog va filial professor-o‘qituvchilari, ZOOM platformasi orqali masofadan turib yig’ilishda qatnashdilar.
Taqdimotda yoshlar orasida psixofaol moddalar savdosining oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish va bu boradagi zamonaviy usullar muhokama qilindi.