TTA Termiz filiali patalogik anatomiya sud tibbiyoti kafedrasi mudiri Shoira Babadjanova N.N.Aleksandrova nomli Belarussiya Respublika onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy markazida bo‘lib qaytdi.
Belarussiya Respublika onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy markazi xodimi Viktoriya Viktorovna va o‘quv markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Kosenka Irina Aleksandrovna hamrohligida Sh. Babadjanova markazning PSR laboratoriyasi – gistologiya, immunogistokimyo va molekular genetika bo’limlari, laboratoriyaning tuzilishi, moddiy-texnik bazasi bilan tanishdi.
Belarussiya Respublika onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy markazi tomonidan Respublikamizni patomorfologiya yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mutaxassislarga 72,144 soatlik, sertifikatli on-line darslarni tashkil etish borasida kelishuvga erishildi.