You are currently viewing TTA Termiz filiali o’qituvchisi Belorussidagi forumda ishtirok etdi.

TTA Termiz filiali o’qituvchisi Belorussidagi forumda ishtirok etdi.

    Joriy yilning 17-18 oktabrda Belorussiya Respublikasida “Milliy xavfsizlikni ta’minlashda sud-ekspertiza faoliyati va sud ekspertizasining o‘rni va ahamiyati” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
  Ushbu konferesiyada TTA Termiz filiali Patologik anatomiya sud tibbiyoti tibbiyot huquqi kafedrasi mudiri Sh.Babadjanova ishtirok etdi. Forumni Davlat qoʻmitasi raisi, adliya general-mayori Aleksey Volkov ochdi:

    Anjumanda so’z olganlar kriminalistika va sud ekspertizasining dolzarb masalalari bo‘yicha tajriba almashish, ilmiy, uslubiy va axborot ta’minotini takomillashtirish, sud-ekspertiza faoliyati, tadqiqotchilarning ilmiy tashabbuslarini rivojlantirish, sud ekspertizasi sifatini oshirish, fan va huquqni qo‘llash amaliyoti sohalarida hamkorlikni rivojlantirish uchun xizmat qilishi borasida fikr bildirishdi.