Sog‘liqni saqlash vazirining 2024 – yil 14-iyundagi 195-sonli buyrug‘i “Davolash-profilaktika muassasalari uchun milliy klinik protokollarni tasdiqlash va amaliyotga joriy etish” to‘g‘risidagi topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025 yil 20-may kuni TTA Termiz filiali tibbiyot klasterida “Virusli gepatit B, S va delta virusli gepatitlar to‘g‘risidagi milliy klinik protokollar bilan tanishtirish” to‘g‘risida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Unda TTA Termiz filiali prfessor-o‘qituvchilari hamda viloyatimizning vrach nefrolog, gematolog, infeksionist, gematransfuziolog ishtirok etishdi..
Seminarda Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi, TXKMRM PhD, assistenti Rajabov Ilhom Baxromovich ma’ruza o‘qidi.
Seminar-trening qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi.