You are currently viewing TTA Termiz filiali professor-o‘qituvchilari texnikumlarda

TTA Termiz filiali professor-o‘qituvchilari texnikumlarda

000

   Sariosiyo Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga TTA Termiz filiali “Mikrobiologiya, jamoat salomatligi, gigiyena va menejment” kafedrasi mudiri, dotsent PhD Rasulov Shomurod, “Farmakologiya va klinik farmakologiya” kafedra mudiri, katta o‘qituvchisi Maxmaraimov Shavkat, filial ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Hamrayev Akbar assistentlar Chutboyev Bunyod, Ostanaqulov Sherzod tashrif buyurishdi.
      Tashrif davomida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, o‘quvchi talabalarga mahorat darsi hamda seminarlar tashkil etildi

000

   Shundan so‘ng tashrif buyuruvchilar, texnikumning “Umumkabiy fanlar” va “Maxsus fanlar” kafedralari bilan birgalikda darsliklar, o‘quv adabiyotlari yaratish hamda nashrdan chiqarish; mahalliy va xorijiy jurnallar, konferensiyalar uchun maqola va tezislar yaratish, o‘quv-metodik va ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlikda ishlash bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.