Xabaringiz bor, TTA Termiz filiali professor-o‘qituvchilari hamda talabalari akademik mobillik doirasida Turkiya mamlakatining EGE universitetida tibbiy amaliyot o‘tashmoqda.
Amaliyotda filial professor- o’qituvchilari hamda talabalari EGE universiteti tibbiyot fakulteti dekani Professor. Dr. Rïchan Sertöz va dekan o‘rinbosari Professor. Dr. Sezai Taşbakar bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda, Ege universiteti dekani talabalar bilan tanishib, amaliyot o’tashlari uchun Ege universiteti tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilishi haqida alohida ta’kidlab o’tdi.
Shuningdek, TTA Termiz filiali «Normal va patologik fiziologiya» kafedrasi tibbiyot fanlari doktori, dotsent K.H.Ahmedov tomonidan EGE universitetining «Fiziologiya» kafedrasi mudiri Professor. Dr. Dilek Taşkiran hamda Dr. Fulya Tuzcu bilan kafedralararo hamkorlik borasida kelishuvga erishildi.