Joriy yilning 12-noyabr kuni TTA Termiz filialining 3 nafat xodimi hamda 14 nafar talabalari Rossiya federatsiyasining Perm davlat tibbiyot universitetiga (PGNIU) tashrif buyurishdi.
Ushbu tashrif akademik mobillik doirasida bo‘lib, talabalar Perm davlat tibbiyot universiteti akkreditatsiya markazida tibbiy amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha masterklasslarda, ma’ruzalarda va seminar darslarda ishtirok etishdi.
Dotsent D.Ya.Xojiev operativ xirurgiya fanidan, Sh.Boboxonov va G. Juraevalar tomonidan Perm davlat tibbiyot universitet talabalariga ma’ruza va amaliy darslar o‘tildi.
Tashrif doirasida TTATermiz filiali va PGMU o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Shuningdek, 15-16 noyabr kunlari Perm tibbiyot universitetida xirurgiya fanidan talabalar olimpiadasida filialning 14 nafar talabalari ishtirok etishi kutilmoqda.