You are currently viewing TTA Termiz filiali professor-o‘qituvchilari Xitoy xalq Respublikasida Top 1000 talikka kirgan Sinzyan tibbiyot universitetida

TTA Termiz filiali professor-o‘qituvchilari Xitoy xalq Respublikasida Top 1000 talikka kirgan Sinzyan tibbiyot universitetida

     Avval xabar berganimizdek, TTA Termiz filiali professor-o‘qituvchilari Xitoy xalq Respublikasining Sinzyan tibbiyot universiteti taklifiga binoan Xitoy xalq Respublikasiga tashrif buyurishdi.

   Tashrif davomida, TTA Termiz filiali hamda Top 1000 talikka kirgan Sinzyan tibbiyot universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi.
     Tashrif so‘ngida, Sinzyan tibbiyot universiteti rektori hamda universitet qoshida tashkil etilgan Xitoy ana’naviy xalq tabobati markazi rahbariyati bilan muloqot tashkil etildi.

    Muloqotda hamkorlik masalalari muhokama qilindi. TTA Termiz filiali hamda Sinzyan tibbiyot universiteti o‘rtasida birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi.
    Yakunda so‘zga chiqqanlar, o‘zaro hamkorlikning ta’lim tizimida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z yuritib, kelgusida istiqbolli loyihalar amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.