2023-yil 19-yanvarda qabul qilingan “Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzurida “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 21-sonli Hukumat qaroriga asosan, bugun TTA Termiz filiali talaba-qizlari hamda viloyat Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha faoliyat olib borayotgan leytenant Olima Ko’charova bilan hamkorlikda Termiz otchopar maydonida «To’maris izdoshlari» tanlovi tashkil etildi.
Ushbu tadbirning o’tkazilishidan asosiy maqsad, talaba-qizlarning vatanimiz, xalqimiz,tarixiy-maʼnaviy merosimizga bo‘lgan hurmat va sadoqati, zukkolik va chaqqonlik sifatlarini yuzaga chiqarishdan iboratdir.
Bundan tashqari ushbu tadbirni tashkillashtirishda filial xotin-qizlar kengashi raisi va dekan maslahatchilari ham munosib hissa qo’shdilar.