You are currently viewing TTA Termiz filiali talaba-yoshlari adliya boshqarmasida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar” kuni tadbirida ishtirok etishdi.

TTA Termiz filiali talaba-yoshlari adliya boshqarmasida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar” kuni tadbirida ishtirok etishdi.

000

   Joriy yilning 28-yanvar kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri tashkil etildi. Unda, TTA Termiz filiali talabalari ishtirok etishdi.
   Yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek adliya tizimi tarixi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish hamda boshqarmaning boshqa sho‘balari ish faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

000

   Shuningdek, ularni qiziqtirgan bir qancha savollarga boshqarma rahbariyati hamda xodimlari tomonidan javob berish barobarida hayotda va kasbiy faoliyatda kerak bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi.