Bugun “11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” munosabati bilan TTA Termiz filialida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda filialning bir guruh faxriy ustozlari, olima ayollari, talaba-qizlari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida so‘z olganlar xotin-qizlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash masalalariga to‘xtalib, bu borada respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalar haqida fikr yuritdi.
Suhbat davomida ko‘plab olima ayollar ilmiy izlanishlari, erishgan yutuqlari va ilmiy hayot yoʻli haqida fikr almashdilar.
O‘z tajribalarini talaba-qizlar bilan o‘rtoqlashib, yosh tadqiqotchilarni ilm-fan yo‘nalishida faol bo‘lishga chaqirishdi.