Avval xabar berganimizdek, TTA Termiz filialida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-noyabrdagi 427-sonli buyrug‘iga asosan «Eng yaxshi dasturchi» tanlovi o’tkazildi.
Tanlovda ishtirokchilari C++, C#, Java, Python, Ruby, PHP, JavaScript, Typescript va boshqa dasturlash tillari bo’yicha bilimlarini sinab ko’rdilar.
Tanlovning filial bosqichida g’oliblar
1-o‘rin Baxtiyorova Lobarxon Baxrom qizi
2-o‘rin Nurmahmadov Muhammad Ziyodulloyevich
3-o‘rin Muxammadiyev Oybek Baxramovich
Filial talabasi Baxtiyorova Lobarxon “Eng yaxshi dasturchi” tanlovi ning hududiy bosqichida ham faol ishtirok etdi.
Viloyatdagi oltita oliy ta’lim muassasa talabalari ishtirok etgan tanlovda filial talabasi Baxtiyorova Lobarxon hududiy bosqichdan ham muvafaqqiyatli o’tib, respublika bosqichiga yo’llanma oldi. Bu borada Baxtiyorova Lobarxonga omad tilaymiz.