TTA Termiz filiali ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i A.Hamraev, tyutorlar, amaliyot bo‘limi boshlig‘i J. Berdiyev hamda pediatriya fakulteti 502-guruh talabalari Termiz tumanidagi “Airitom free zone” erkin savdo zonasida joylashgan “Akfa Medline Airitom” zamonaviy tibbiyot klinikasiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talaba-yoshlar klinikaning tuzilishi, yangi zamonaviy tashhislash usullari, laborator diagnostika, operatsion blok, palatalardagi sharoitlar bilan tanishdilar.
Tibbiy sayohatda soha mutaxassislari eng zamonaviy va innovatsion tibbiy uskunalar haqida talaba-yoshlarga ma’lumot berishdi.