Toshkent tibbiyot akademiyasining kommunal va mehnat gigiyenasi kafedrasi tomonidan “Profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari va ularning yechimlari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Anjumanda profilaktik tibbiyotning bugungi kundagi muhim masalalari muhokama qilindi, ilg‘or ilmiy izlanishlar taqdim etildi hamda tajriba almashish imkoniyati yaratildi. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali iqtidorli talabalari ham ushbu ilmiy anjumanda faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Filial talabasi M.Aminova «Ovqatdan zaharlanishning sabablarini ahamiyati. Botulizm kasalligi misolida» mavzusida hamda K.Almardanovalar «Tashqi muhit omillarining mikroorganizmlarga ta’siri» mavzusidagi ma’ruzalari bilan qatnashishdi. Anjuman so‘nggida talabalar faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlanishdi.