You are currently viewing TTA Termiz filiali talabalari xalqaro olimpiada g‘oliblari

TTA Termiz filiali talabalari xalqaro olimpiada g‘oliblari

000

  Kuni kecha Samarqand davlat tibbiyot universitetida tibbiyot oliy taʼlim muassasalari talabalarining V Xalqaro olimpiadasi boʻlib oʻtdi.
   Unda Germaniya, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Malayziya, Belarus, Ukraina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston kabi yigirmaga yaqin davlatlarning yuzdan ziyod universitetlarida tahsil olayotgan talabalar oflayn hamda onlayn formatda ishtirok etishdi.

000

   Ushbu xalqaro olimpiadada TTA Termiz filiali talabalari ham qatnashib, filialning quyidagi talabalari faxrli o‘rinlarni egallashdi.
    Mirzaumarova Farangiz 4- kurs talabasi patalogik fiziologiya fani 3-o’rin
    Qurbonboyeva Dilnoza 3-kurs talabasi Biokimyo fanidan 3-o’rin
    Raxmatullayeva Shaxlo 4-kurs talabasi Endokrinologiya fani 3-o’rin