TTA Termiz filiali «Tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya» kafedrasi xodimi Sharafiddinov Kamoliddin Tojikiston Respublikasi Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida universitetning «Asab kasalliklari, psixiatriya va tibbiy psixologiya» kafedrasida bo‘lib, kafedra xodimlari bilan kafedralararo hamkorlik aloqalarini yaxshilash borasida takliflar va mulohazalar to’g’risida fikr almashildi.
Shuningdek, filial xodimi K.Sharafiddinov tomonidan kafedraning klinik ordinator talabalari bilan birgalikda nevrologiya bo’limida statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarni davolash usullari bilan tanishib qo’shimcha tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari kafedra xodimlari va talabalar bilan ochiq dars tashkil etilib, hamkorlik borasida TTA Termiz filialiga taklif etildi.