O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qaroriga muvofiq har yili respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida Intellektual Haftalik tashkil qilib borilishi belgilangan.
Yoshlar markazi binosida viloyatimizdagi 6 ta oliygohning terma jamoalari ishtirok etgan saralash o’yinlarida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali terma jamoasi 1-o’rinni egallab, Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi!
Ta’kidlash joizki, filial terma jamoasi dekabr oyida bo’lib o’tgan «Intellektual Olimpiada»ning saralashida faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritishgan va Respublika bosqichida «Breyn Ring» yo’nalishida 3-o’rinni egallab 40mln so’m pul mukofotini qo’lga kiritishgandi