TTA Termiz filiali pediatriya fakulteti va 1-sonli davolash fakulteti 6-kurs tialabalariga yakuniy nazorat ishlari belgilangan tartibda oʻtkazilmoqda.
Ushbu jarayonning adolatli va shaffof tarzda oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida, korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish, ta’lim sifatini nazorat qilish hamda fakultet dekanati tomonidan qatʼiy nazorat olib borilmoqda.
Yakuniy davlat attestatsiyalari jarayonida barcha talabalar uchun sharoitlar yaratish va ularning bilimlarini toʻgʻri baholash maqsadida zarur chora-tadbirlar koʻrilgan. Shuningdek, jarayonni oʻtkazishda mavjud meʼyorlar va qoidalar qatʼiy rioya qilindi.
Bu esa, oʻz navbatida, talabalarga oʻz bilim va koʻnikmalarini samimiy va adolatli tarzda namoyish etishga imkoniyat yaratmoqda.