Hindiston bugungi kunda kuchli va ko’p madaniyatli jamiyat sifatida tan olingan. U yerda turli dinlar va urf-odatlar mavjud.
Garchi odamlar tobora zamonaviylashib borayotgan bo‘lsalar ham, ular axloqiy tamoyillarga rioya qilishda va an’anaviy bayramlarni nishonlashda davom etadilar.
Shu munosabar bilan, TTA Termiz filialida Hindiston mamlakatidan kelib tahsil olayotgan talabalar ishtirokida “Garba night” festivali bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda talabalar tomonidan ijro etilgan, kuy, qo‘shiq va raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.