“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi assistentlari N.Choriyev va Sh.Usanovlar tomonidan 2-son davoalsh fakulteti 109-guruh talabalariga “Yangi O‘zbekiston-inson huquqlari” mavzusida ochiq dars mashg‘ulotlari o’tildi.
Ushbu dars mashg‘ulotida talabalarga o‘qituvchilar tomonidan 2023-yil 30-aprelda yangilangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ma‘zmun mohiyati, uning inson huquqlari borasida yangiliklari, inson qadrini ulug‘lash masalasiga qaratilgan jihatlari, Yangi O‘zbekistonda inson qadriga qaratilayotgan davlat siyosatining muhim jihatlari haqida batafsil ma‘lumot berib o‘tildi.