Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali xotin-qizlar maslahat kengashi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti a’zosi Talaba qizlar koordinatori tomonidan 11-oktabr «Xalqaro qizlar kuni » munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda iste’dodli talaba – yoshlar tomonidan millliy cholg’u asboblaridan foydalanib kuy qo‘shiq turli xil raqslar ijro etildi.
Shuningdek, filialning sportchi qizlar tomonidan chiqishlar namoyish etildi.
Tadbir davomida «Yosuman brendi» asoschisi tomonidan milliy liboslar namoyish bo‘lib o‘tdi.
Tadbir yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.