Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 5-noyabrdagi 03-23-273-son chora-tadbirlar rejasining 5-bandiga va “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar rejasi”ga muvofiq filialda “Ochiq eshiklar kuni” o’tkazildi.
Tadbirda filial korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.R.Kurbanov, viloyat ma’muriy sudi sudyasi A.R.Muxiddinov, filial yuristkonsulti U.B.Xolmirzaev, filial profilaktika inspektori katta leteynant M.O.Qamariddinov, filial tyutorlari va talaba yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlab “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida o‘tkazilgan “Insholar tanlovi”, “Rasmlar tanlovi” va “Videoroliklar tanlovi” tadbirlarining g‘oliblari taqdirlandi.