O‘tkazilgan press turda TTA Termiz filiali professor-o‘qituvchilari, filial axborot resurs markazi xodimlari, talaba -yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.
Bolib o‘tgan press turda filial direktori F. Otamuradov, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D. Xojiyev, davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari O‘.Fayziyeva hamda Mikrobiologiya, jamoat salomatligi, gigiyena va menejment kafedrasi mudiri Sh.Rasulovlar hammualliflik asosida tayyorlagan kitoblarini taqdimotini o‘tkazishdi.
Shuningdek, tadbirda filial ARM ga yangi kelgan 6000 dan ziyod adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar haqida ham ma‘lumot berildi. Keltirilgan kitoblarning 1500 tasi filial professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan.