2024/2025-o‘quv yilidan barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida faoliyati tashkil etilgan “Registrator ofisi” TTA Termiz filialida ham samarali ish yuritmoqda.
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bo’lim boshlig’i B.Xolmirov, ishchi guruh rahbarligida mazkur “Registrator ofisi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
«Registrator ofisi»da yaratilgan shart-sharoitlar, funksional vazifalar hamda koʻrsatilayotgan xizmatlar, zarur moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik, xodimlarning kasbiy malakasi va boshqa muhim jihatlar ko‘zdan kechirildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mas’ullarga metodik yordam va tavsiyalar berildi.