Joriy yilning 17-iyun kuni TTA Termiz filialida talaba qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, ularning psixologik barqarorligini mustahkamlash, huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida psixologik trening tashkil etildi.
Treningda filial professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va soha mutaxassislari ham ishtirok etdilar.
Tadbir davomida zo‘ravonlikning oldini olish, ayollar xavfsizligi, psixologik muhofaza va o‘zini himoya qilish mavzularida ma’ruzalar tinglandi.
Psixolog tomonidan interaktiv mashg‘ulotlar, muammoli vaziyatlardan chiqish yo‘llari, stressni boshqarish texnikalari haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.