Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida talaba qizlari oʻrtasida «Yosh saylovchi- 2024» viktorinasi bo’lib o’tdi.
Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi bo’lim boshlig’i B.Mirsaidov hamda Adliya vazirligi Termiz shahar boshqarmasi yurist konsuli D.Berdiyevlar ishtirok etishdi.
«Yosh saylovchi -2024″viktorinasida 50 dan oshiq talaba qizlar ishtirok etishdi.
Viktorina qizg’in bahs va munozaralarga boy bo’ldi. Viktorina natijalariga ko’ra:
1-o’rinni 9 ball bilan «Diamond » jamoasi
2-o’rin 8 ball bilan «Tibbiyotchilar «jamoasi
3-o’rinni 7 ball bilan «Qonun» jamoasi qo’lga kiritdi.
27-oktyabr kuni bo’lib o’tadigan saylovda o’z nomzodingizga va kelajagingizga ovoz bering!