TTA Termiz filialining mustaqil izlanuvchisi Boboqulov Hakim Hikmatovich joriy yilning 25-aprel sanasida Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilgan «Fan yoshlar nigohida» Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi.
Ishtiroki davomida H.Boboqulov «Yilning eng yaxshi yosh olimi 2025» xalqaro tanlovining birinchi o‘rin sohibi bo‘ldi.
Yosh tadqiqotchi olim Boboqulov Hakim Hikmatovichning kelgusidagi ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyat tilab qolamiz