You are currently viewing TTATF da «Axborot va murabbiylik soati»

TTATF da «Axborot va murabbiylik soati»

   Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o‘qituvchilari tomonidan Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida axborot va murabbiylik soati bo‘lib o‘tdi

   Unda mamlakatimizda so‘ngi olti yilda erishgan yutuqlar, inson huquqlarini himoyalash, odil sudlov, so‘z va e’tiqod erkinligini ta’minlash, ijtimoiy himoya sohalaridagi yuzlab cheklovlarning olib tashlangani, naqd pul, valyuta, kredit masalalaridagi muammolar hal qilingani, konstitutsitaviy himoyasini ta’minlash zarurligi haqida atroflicha so‘z yuritildi.

   Konstitutsiyada bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jivojlanishiga alohida e’tibor qaratilayotgani haqida talabalarga tushunchalar berildi.

   Axborot soati davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.