Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o’qituvchilar va xodimlari tomonidan joriy yilning 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumni targ‘ib qilish maqsadida targ‘ibot ishlari davom etmoqda.
Shu sababli Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi o’qituvchilari hamda assistentlari «Nurli kelajak» mahallasida «Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasi bu-mening Konstitutsiyam» mavzularida tushuntirish ishlari olib borishdi.
Konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishi, bu siyosiy tadbir – referendum jarayonlarida har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi hamda referendum o‘tkazish tartiblari haqida tushunchalar berildi.