Ayni kunlarda Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali direktori F. Otamuradov boshchiligidagi deligatsiya Hindistonning Kalkutta shahrida xizmat safari bilan tashrif buyurishdi.
Tashrif chog‘ida delegatsiya a’zolari Kalkutta shahridagi Sanjiban shifoxonasiga bo‘lib, ularni doktor Subhasis Mitra, rais va doktor Daliya Mitra, tibbiy direktor boshchiligida shifoxona jamoasi kutib olishdi.
TTA Termiz filiali hamda Sanjiban shifoxonasi o‘rtasida hamkorlik yuzasidan jumladan doktorlar almashinuvi, talabalar amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo’yicha muzokaralar olib borildi.
Darhaqiqat, bu tashrif, ikkala muassasa o‘rtasida tibbiy ta’lim va tadqiqot sifatini oshirish yo’lida xalqaro hamkorlik tomon muhim qadamdir.