Tibbiy ta’lim va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida tashrif buyurgan TTATF direktori boshchiligidagi delegatsiya Kalkutta shahridagi Sanjiban shifoxonasidagi o‘quv jarayonlari bilan tanishishdi.
Delegatsiya a’zolari Sanjiban shifoxonasining direktori doktor Daliya Mitra, doktor Nurul Hossain bilan birgalikda shifoxonaning ta’lim imkoniyatlarini, yotoqxona va auditoriyalarini ko‘zdan kechirishdi.
Ushbu tashrif nafaqat talabalar almashinuvi va ta’limiy hamkorlik uchun imkoniyatlar yaratibgina qolmay, balki madaniyatlar va muassasalar o’rtasidagi ko’prikni ham mustahkamlaydi.