Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, donorlar boshqalarga qaraganda 5 yil ko‘proq umr kechirishadi.
Donor so‘zi lotinchadan tarjima qilganda “tuhfa qilmoq” degan ma’noni anglatadi.
Chunki donor o‘z qonini berish orqali jamiyatdoshining hayotini saqlab qolishi, unga yangi hayot tuhfa qilishi mumkin.
Qon donorligi uchun esa har doim talab va taklif mavjud.
Toshkent tibbiyot akdemiyasi Termiz filiali professor – o‘qituvchilari hamda ishchi xodimlari beg‘raz donorlikda ishtirok etishdi.