Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.A Otamuradov boshchiligida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanishi kabi qabuldagi o’zgarishlar borasida fikrlar bildirildi.
Filialning professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirok etgan kengashda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
1.Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi tomonidan 2023-2024 о‘quv yilida olib borilgan ma’naviy–ma’rifiy ishlar holati, muammolar, yechimi;
2.TTA TF klinik bazalarida о‘quv jarayonini tashkil etilishi, kafedra va klinikalar о‘rtasidagi hamkorlik;
3.Dissertatsiya, monografiya va o‘quv-uslubiy ishlar mavzularini tasdiqlash;
Yakunda kun tartibiga qo‘yilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi bo‘yicha qarorlar chiqarildi.