TTA Termiz filialida “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” shiori ostida videoroliklar tanlovini e’lon qilamiz.
Tanlov 15-fevralgacha davom etadi.
Tanlov shartlari
Tayyorlangan videoroliklar davomiyligi 2 daqiqadan 5 daqiqagacha bo‘lishi talab qilinadi
Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi.
1- Filial bosqichi
2-Viloyat bosqichi
Eng yaxshi deb topilgan videoroliklar TTATF rasmiy kanalida berib boriladi.
Tanlov so‘ngida g‘oliblar sertifikat, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Videroliklarni ushbu @Dr_Javodbek telegram manziliga jo‘natishingiz mumkin.
Barchangizni tanlovda faol ishtirok etishingiz so‘raladi.