TTA Termiz filiali pediatriya fakulteti xotin qizlar bo’yicha dekan maslahatchisi G.Soliyeva, fakultet tyutorlari hamda talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba qizlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 muhim tashabbus doirasida musobaqa o‘tkazildi.
O‘tkazilgan do‘stona musobaqada talaba qizlar kitobxonlik, to‘quvchilik va kompyuter savodxonligi bo‘yicha bellashdilar.
Darhaqiqat, bu kabi musobaqalarning tashkil etilishi talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan ahamiyatli bo‘ldi.