Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 29- mart kuni TTA Termiz filiali talabalari Andijon davlat tibbiyot institutida bo’lib o’tgan «Tibbiyotning dolzarb muammolariga innovatsion yondashuv» respublika yosh olimlar ilmiy -amaliy anjumanida qatnashishdi.
Ilmiy – amaliy anjumanda qatnashgan TTATF talabalari Oyto’g’onova Shodiya, Usmonov Sanjar, Murodaliev Maxmudbek hamda Xodjimatov Xojiakbarlar faxrli uchinchi o‘rinni egallab diplom va sertifikatlarga sazovar bo‘lishdi.
Ushbu talabalarimizning bundan keyingi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz.