Kecha 29- aprel kuni TTATFga Janubiy Koreyaning CFIAC sitologi professor No Von Park tashrif buyurdi.
Tashrifdan maqsad, klinik ordinatorlar, magistlar, patologik anatomiya, morfologiya, ginekologiya yo’nalishidagi mutaxassislar uchun “Bachadon bo‘yin diagnostikasida sitologik usul asoslari” mavzusida 72- soatlik seminar o‘tkazish rejalashtirgan.
Bilamiz mamlakatimiz bo‘ylab aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash skrining dasturlarini hamda manzilli sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Professor No Von Park tomonidan olib borilayotgan seminar-trening viloyatimizda ilk marotaba o’tkazilmoqda.
Ushbu seminar birinchidan, bachadon bo‘yni preparatlarining hujayra tarkibini baholashda yordam berish uchun mo‘ljallangan, unda o‘sma bo‘lmagan va o‘smadan oldingi kasalliklarni tashxislash bo‘yicha mutaxassislarga tjariba bo‘lishi bilan ahamiyalidir.