Oliy taʼlim muassasasida faol, tashabbuskor va iqtidorli, zamonaviy bilim va isteʼdodiga, yetakchilik qobiliyatiga ega talaba qizlarni bir joyga to‘plash uchun “Lider qizlar” klubi faoliyat olib bormoqda.
TTA Termiz filialida ham “Lider qizlar” klubi faol a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasiga ko‘ra Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan xotin-qizlarda liderlik koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Lider qizlar» klubining nizomi ko’rib chiqildi.