You are currently viewing TTJ da «Bahru bayt»  o‘tkazildi.

TTJ da «Bahru bayt» o‘tkazildi.

    She’riyat – zamonlar elagida elanib bizgacha yetib kelgan nafis san’at! Nafosatga oshno dillar uchun Yaratganning ulug‘ in’omi! Insoniyat qalbida insoniylik tuyg‘usini muhofazalagan muhim omillardan biri.

   Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalar turar joyida talaba qizlar o‘rtasida shoira Zulfiya Isroilova she’riyati bo‘yicha “Bahru bayt” bo‘lib o‘tdi.

   Talaba qizlar shoira ijodidan yod olgan she’rlarini aytib berishdi. Shuningdek, Zulfiya hayoti va ijodi to‘g‘risida ham fikr bildirishdi.