Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi sayohatda

   Ichki turizmni rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatibgina qolmay, balki aholiga ajoyib sayohat zavqini tuyishdek imkoniyatni ham hadya qiladi. Shu bois, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali kasaba uyushmasi tashabbusi bilan Termiz-Xiva-Buxoro-Termiz yo’nalishi bo’yicha yurtimizning qadimiy shaharlariga sayohat uyushtirildi. Sayohatning birinchi kunida filial professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan iborat jamoa Xivaning tarixiy obidalari va muqaddas qadamjolarini ziyorat qilishdi.