You are currently viewing “Tyutorlik mahoratini shakllantirish” mavzusida seminar-trening

“Tyutorlik mahoratini shakllantirish” mavzusida seminar-trening

tyuterlar

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali psixologi G‘oziyeva Gulnora Abdusalomovna tomonidan “Tyutorlik mahoratini shakllantirish” mavzusida seminar-trening tashkil etiladi.

Mazkur seminar-trening tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etish, talabalarga individual yondashuvni shakllantirish hamda ta’lim jarayonida psixologik qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Trening davomida tyutorlik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va kommunikativ ko‘nikmalar, samarali muloqot usullari, talabalar bilan ishlashda psixologik yondashuvlar, shuningdek, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yechim topish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Mashg‘ulotlar interaktiv usullarda olib borilib, ishtirokchilarning faol ishtiroki ta’minlanadi.

Ushbu seminar-trening tyutorlarning kasbiy salohiyatini oshirish, talabalarning o‘qish jarayoniga moslashuvini yengillashtirish hamda ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.