You are currently viewing Uch avlod uchrashuvi

Uch avlod uchrashuvi

TTATF da «Yangi hayot-yangi O’zbekiston» shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbir avvalida tashrif buyurgan mehmonlar, filial direktori, professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirokida filial bog’ida ko’chat o’tkazildi.

Shundan so’ng, TTATF professor-o’qituvchilari, talabalari
viloyatimizda turli sohalarda faoliyat olib borayotgan nuroniy otaxon va onaxonlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

«Sog’lom turmush tarzi, farovon hayot asosi» mavzusida o’tkazilgan uchrashuvda keksa avlod vakillari o’zining hayotiy boy tajribasi haqida yoshlar bilan o’rtoqlashdi.

Tadbirda talabalar o’zlarining baddiiy chiqishlarini namoyish etishdi.

Ko’tarinki kayfiyatda o’tkazilgan uchrashuv so’ngida nuroniy otaxon va onaxonlarga filial rahbariyati tomonidan sovg’alar ulashildi.

Bu kabi uchrashuvlar talaba-yoshlarning o’zlariga yaratilgan sharoitlardan mamnun bo’lishi, keksa avlod vakillarining boy tajribasidan o’rnak olishi bilan ahamiyatli bo’ldi.