Bugun 2-sentyabr yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida yangi-2025/2026 o’quv yili boshlandi. Termiz shahrida joylashgan 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham yangi o‘quv yilining rasmiy ochilishiga bag’ishlab “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri hamda “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.
Tadbirda 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg’asi” tarqatilib, birinchi qo‘ng‘iroq sadosi yangradi.
Ushbu tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori Otamuradov Furqat Abdukarimovich ishtirok etdi.
Filial rahbari barcha o‘quvchilar, ota-onalar va ustozlarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, yoshlarga ilm yo‘lida zafarlar tiladi. “Mustaqillik darsi” doirasida jonajon diyorimizning 34 yillik davrida erishilgan yutuqlar, Uchinchi Renessansni bunyod etish yo‘lida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.