Surxondaryo viloyati Termiz shahar Barkamol avlod markazida “Unversiada-2023” musobaqalari uchun Surxondaryo Oliy ta’lim muassalari talabalari o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Mazkur musobaqada Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali faol talaba-yoshlari xam ishtirok etdi.
1-davolash fakulteti 401-guruh talabasi Baxodirov Shoxrux shaxmat bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni egalladi va final bosqichiga yo‘llanamani qo‘lga kiritdi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.